Bunda tuzilgan bitimlarning qariyb 63,3 foiz birja savdolariga, qolgan 36,7 foiz qismi esa elektron tijorat savdo tizimlariga toʻgʻri keldi.

Kichik biznes va xususiy tadbirkorlik subyektlari ishtirokida tuzilgan bitimlarning umumiy hajmi 592,7 mlrd soʻmni tashkil qildi. Davlat xaridlari tizimlarida oʻtkazilgan elektron savdolar natijasida byudjet va korporativ buyurtmachilarining qariyb 92,7 mlrd soʻmlik mablagʻlari tejaldi.

Koʻrib chiqilayotgan davr mobaynida onlayn auksion orqali 1 030 ta avtoraqamlar sotildi, sotilgan davlat raqam belgilarining umumiy summasi 4,5 mlrd soʻmni tashkil qildi.

Birja savdolari

Koʻrib chiqilayotgan davrda ochiq birja savdolari orqali jami 1 841,1 mlrd soʻmlik tovar resurslari sotildi, shu jumladan:

Sement

Oʻtgan hafta mobaynida birja savdolarida 140 648,0 tonna sement sotildi. Oʻrtacha kunlik sotuv hajmlari 35,2 ming tonnani tashkil qildi.

Koʻrib chiqilayotgan davrda sementning barcha markalari boʻyicha shakllangan kunlik oʻrtacha narxlar mahsulotning bir tonnasi uchun 645,3 ming soʻmdan 630,8 ming soʻmgacha pasaydi. Oʻtkazilgan savdolarda har kuni oʻrtacha 154 ta xaridor ishtirok etdi.

Shakar

Birja savdolariga 10 400,0 tonna shakar qoʻyildi va uning 9 291,0 tonnasi, yaʼni 89,3 foiz qismi sotildi. Oʻtkazilgan savdolarda har kuni oʻrtacha 418 ta xaridor ishtirok etdi.

Koʻrib chiqilayotgan davrda shakarning barcha kategoriyasi boʻyicha shakllangan kunlik oʻrtacha narxlar mahsulotning bir tonnasi uchun 13 461,6 ming soʻmdan 13 384,7 ming soʻmgacha pasaygan.

Shrot

Oʻtgan hafta davomida birja savdolariga 14 054,0 tonna shrot qoʻyildi va uning 6 938,0 tonnasi, yaʼni 49,4 foiz sotildi. Oʻtkazilgan savdolarda har kuni oʻrtacha 37 ta xaridor ishtirok etdi.

Koʻrib chiqilayotgan davrda shrot boʻyicha shakllangan kunlik oʻrtacha narxlar mahsulotning bir tonnasi uchun 3 954,4 ming soʻmdan 3 296,2 ming soʻmgacha pasaydi. Shrotning oʻrtacha kunlik sotuv hajmi 1 735,0 tonnani tashkil qildi.