Vazirlik axborot xizmati xabariga koʻra, bugun tashrif dasturi doirasida Birlashgan Arab Amirliklari Bosh vaziri oʻrinbosari – Ichki ishlar vaziri Shayx Saif bin Zoid Ol Naxayon bilan uchrashuv boʻlib oʻtdi.
Doʻstona va konstruktiv ruhda oʻtgan uchrashuvda har ikki tomon Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyevning 2019-yil mart oyida Amirliklarga amalga oshirgan rasmiy tashrifi oʻzbek-amirlik munosabatlari rivojining yangi bosqichini boshlab berganligini eʼtirof etdilar.
Dunyoning 60 dan ortiq davlatlaridan 1300ga yaqin kompaniyalar vakillari ishtirok etayotgan mazkur xalqaro koʻrgazma bir necha yillardan buyon mudofaa va xavfsizlik sohasidagi eng soʻnggi yutuqlar namoyish etiladigan xalqaro maydon sifatida katta nufuzga ega.