«Al-Amal» (“Umid”) deb nomlangan ushbu qurilma Yaponiyaning Tanegasima orolidagi start maydonchasidan 20-iyul, dushanba kuni koʻtarilgan. Bu haqda Deutsche Welle xabar bermoqda.

Dastlab, start 14-iyulga belgilangan edi, ammo noqulay ob-havo sharoiti tufayli u ikki marta qoldirildi. Dubaydagi Muhammad bin Rashid kosmik markazida, Kolorado universitetining atmosfera va kosmik fizika laboratoriyasi bilan hamkorlikda yaratilgan kosmik zond yetti oylik parvozdan soʻng 2021-yilning fevral oyida Qizil sayyoraga yetib kelishi kutilmoqda.

BAAning Marsga qilgan parvozidan maqsadi atmosferani, iqlim sharoiti va oʻzgarib borayotgan fasllarni oʻrganishdir. Kosmik kema davomiyligi taqqoslanganda Yerdan ikki barobar uzunroq boʻlgan butun Mars yili davomida orbitada qolishi kerak.

Fazoviy tadqiqot Mars havosi shakllanadigan pastki atmosfera, shu jumladan chang boʻronlarining paydo boʻlishi bilan bogʻliq dastlabki tadqiqni oʻtkazadi. Kema uchta kameradan iborat boʻlib, ular Mars atmosferasini koʻzga koʻrinadigan, infraqizil va ultrabinafsha nurlanish diapazonlarini kuzatishga imkon beradi.