Fuqarolardan quyidagilar talab etiladi:
- 25-48 yosh oraligʻida boʻlishi;
- Uyni toza tutish, uy tozalash jihozlari bilan ishlay olish, bolalar va yoshi katta insonlar bilan kirishimli boʻlishi;
- Arab va ingliz tillarini bilishi (majburiy emas);
- Barcha xarajatlar, xususan aviachipta, turar joy, 3 mahal ovqatlanish, transport xarajatlari ish beruvchi tomonidan qoplanadi.
Oylik ish haqi 400 AQSH dollari miqdorida.
Birlashgan Arab Amirliklarida ishlash istagida boʻlgan fuqarolardan mazkur tanlovda xorijga chiqish biometrik pasporti (qizil pasport) bilan ishtirok etishlari soʻraladi.
Tanlov ish beruvchining talabi asosida barcha viloyat fuqarolari uchun Agentlikning viloyatlardagi filiallarida oʻtkaziladi.
Murojaat uchun: 71 202-33-55 (ichki raqamlar 40, 77, 88), 71 200-00-61 yoki 1282.
Tanlovda ishtirok etish uchun roʻyxatdan oʻtish.