Uchrashuv davomida Oʻzbekiston Respublikasining 2030-yilgacha gender tenglikka erishish strategiyasini amalga oshirishga koʻmaklashish, gender tenglik sohasidagi hamkorlik va xotin-qizlarning huquqlarini kengaytirish masalalari muhokama qilindi.

Gender tenglikni taʼminlash boʻyicha Milliy komissiya va YUNFPA oʻrtasida Gender zoʻravonlikka barham berish standart operatsion tartib-taomillarini kengaytirishga doir Harakatlar rejasini oʻrganish va amalga oshirishni davom ettirish yuzasidan hamkorlik istiqbollari toʻgʻrisida fikr almashildi.

Tomonlar ikki tomonlama hamkorlikning foydalanilmagan salohiyatiga urgʻu berdi, tegishli yoʻnalishlarda aniq qoʻshma loyihalarni amalga oshirish orqali samarali oʻzaro aloqalarni chuqurlashtirish va kengaytirishdan manfaatdor ekanliklarini bildirdi.

Shuningdek, xotin-qizlarning imkoniyatlarini kengaytirish, gender zoʻravonlikka barham berish boʻyicha ish rejasi koʻrib chiqildi.

YUNFPAning Oʻzbekiston Recpsublikasidagi vakolatxonasi rahbari Yu Yu Oʻzbekistonda amalga oshirilayotgan keng koʻlamli islohotlarni yuqori baholadi va gender tenglikka erishish boʻyicha vazifalarni bajarishga tayyorligini bildirdi, deb xabar beradi Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlis Senati matbuot xizmati.