Suhbat chogʻida Oʻzbekiston Respublikasi hamda Inson huquqlari boʻyicha Oliy komissari boshqarmasi oʻrtasidagi hamkorlikning bugungi holati va uni rivojlantirish istiqbollari koʻrib chiqildi.

Oliy komissar boshqarmasi vakillariga keyingi yillarda Oʻzbekistonda amalga oshirilayotgan keng koʻlamli islohotlar, jumladan, jamiyatni demokratlashtirish, insonning huquq va erkinliklari hamda manfaatlarini taʼminlash borasida amalga oshirilayotgan ishlar haqida maʼlumot berildi.

Tomonlar Oʻzbekiston bilan BMT shartnomaviy organlari oʻrtasidagi hamkorlikni mustahkamlash va maxsus tartib-qoidalar masalalarini muhokama qildilar.

Hulan Tsedev mamlakatimizda, xususan, inson huquqlari sohasida amalga oshirilayotgan islohotlarni yuqori baholadi.

Oʻzbekiston Respublikasi va Inson huquqlari boʻyicha Oliy komissari boshqarmasi oʻrtasidagi hamkorlikni, xususan, BMT shartnoma organlari tavsiyalarini amalga oshirishda ekspert va maslahat yordami koʻrsatish hamda Umumjahon davriy sharhning toʻrtinchi sikli doirasida Oʻzbekiston milliy maʼruzasini tayyorlashda fikr almashildi, deb xabar beradi Tashqi ishlar vazirligi matbuot xizmati.