Toshkent shahrida yashovchi, 1953 yilda tug'ilgan ayol (muqaddam bir necha marotaba sudlangan) o'zining 1982 yilda tug'ilgan tanishi bilan til biriktirib, Yunusobod tumanidagi tadbirkorlik sub'ektiga tegishli bo'lgan, lekin, hozirda taqiqda turgan 2 gektar noturar er maydonini sotmoqchi bo'lishgan.

Ular xaridorga 9 million AQSH dollariga sotishga kelishib, mansabdor tanishlari orqali barcha hujjatlarni tayyorlab, turar joy toifasiga o'tkazib berish evaziga oldindan 200 ming AQSh dollari olgan vaqtlarida Davlat xavfsizlik xizmatining Toshkent shahar bo'yicha boshqarmasi hamda Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti xodimlari tomonidan ashyoviy dalillar bilan ushlandi.

Hozirda ushbu shaxslarga nisbatan Jinoyat Kodeksining 168-moddasi 4-qismi “a” bandi va 28,211-moddasi 1-qismi bilan jinoyat ishi qo'zg'atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.