Oʻzbekiston texnik jihatdan tartibga solish agentligi vakillari Qirgʻiziston Respublikasi qishloq xoʻjaligi vazirligi va vazirlik huzuridagi organik dehqonchilik boshqarmasi, Koreyaning Qirgʻizistondagi “KOICA” xalqaro hamkorlik agentligi, shuningdek, “Qirgʻiziston oʻrmon va yerdan foydalanuvchilar uyushmasi” tashkillashtirgan “Organic Expo-2022” koʻrgazmasi doirasidagi forumda ishtirok etdi.

Mazkur forumda texnik jihatdan tartibga solish agentligi masʼullari tomonidan Yevropa bozoriga Organik mahsulotlar eksportini yanada kengaytirish, ishlab chiqaruvchilarga qulay shart-sharoit yaratish maqsadida Oʻzbekistonda hukumat tomonidan huquqiy hujjatlar qabul qilinganligi hamda imtiyozlari toʻgʻrisida ishtirokchilarga taqdimotlar oʻtkazildi.

Forumda Oʻzbekistonda Organik mahsulotlarni ishlab chiqarishni yanada kengaytirish boʻyicha tajriba almashildi.