2021-yil 13-martda Bishkek shahrida Oʻzbekiston Respublikasi Energetika vaziri va Qirgʻiziston Respublikasi Energetika va sanoat vaziri boshchiligidagi ishchi guruh yigʻilishi boʻlib oʻtdi.
Uchrashuv davomida tomonlar “Qambarota GES-1” investitsiya loyihasining amalga oshirilishi hamda “Shimoliy Soʻx” gazni yer ostida saqlash inshooti (GEOSI) faoliyati doirasidagi hamkorlikni qirgʻiz tomoni bilan yaqindan oʻrganish masalalarini muhokama qildilar.
Shuningdek, elektr energetikasi, neft-gaz, koʻmir sanoati, tabiiy gaz yetkazib berish va “Shimoliy Soʻx” GEOSI ekspluatatsiyasi boʻyicha 4ta kichik qoʻmitadan iborat qoʻshma muvofiqlashtiruvchi qoʻmita tuzildi. Har bir kichik qoʻmita uchun kompleks dasturlar (“Yoʻl xaritalari”) ishlab chiqildi va tasdiqlandi, deb xabar beradi Energetika vazirligi matbuot xizmati.