Ushbu kongress-koʻrgazma forumda dunyoning 8 mamlakatidan 70 dan ortiq kompaniyalar vakillari tashrif buyurgan.
Shuningdek, Oʻzbekistondan ham bir qator mahalliy va distribyutor korxonalar tadbirda ishtirok etmoqda.
Jumladan, “XPmed medical”, “Optima Sobirjon”, “Uzgermed pharm” QK, “Nika Pharm”, “Dentafill Plyus”, “Rosso”, “Samarkand England Eco-Medical”, “Chori plast”, “Merrymed pharm” kompaniyalari tomonidan ishlab chiqarilgan mahsulotlar koʻrgazma stendidan oʻrin egallagan.
Forum davomida ishtirokchilar interaktiv taqdimotlar, ixtisoslashgan mutaxassislarning maslahatlari, turli kasalliklarning ekspress diagnostikasi hamda sohaga doir boshqa muhim yangiliklar bilan yaqindan tanishishlari mumkin, deb xabar beradi Sogʻliqni saqlash vazirligi matbuot xizmati.