Uning doirasida poytaxtimizdagi “Uz Expo Centre” milliy koʻrgazmalar markazida “Made in Uzbekistan” milliy mahsulotlar koʻrgazmasi ham tashkil etildi.
Mazkur milliy koʻrgazmaga Oliy Majlis Senati Raisi Tanzila Narbayeva va Belarus Respublikasi Milliy majlisi Respublika Kengashi raisi Natalya Kochanova tashrif buyurdi.
Koʻrgazmadan oziq-ovqat, toʻqimachilik, ipakchilik, yengil sanoat, tibbiyot, mashinasozlik, taʼlim va turizm sohalarida mahsulotlar ishlab chiqaruvchi mahalliy korxonalar mahsulotlari oʻrin oldi.
Unda Oʻzbekistonning 50 dan korxonasi oʻz mahsulotlari bilan ishtirok etdi. Shu bilan birga mazkur koʻrgazmada “Made in Belarus” brendi ostidagi mahsulotlar taqdimoti ham boʻlib oʻtdi.
Koʻrgazma doirasida oziq-ovqat sanoati, taʼlim va fan, turizm va dam olishni tashkil qilish yoʻnalishlarida ham taqdimotlar oʻtkazildi, deb xabar beradi Oliy Majlis Senati matbuot xizmati.
Koʻrgazma ishtirokchilari tajriba almashish, yangi hamkorlar izlash va istiqbolli aloqalar oʻrnatish imkoniga ega boʻldilar.