Uning ma'lum qilishicha, joriy yilning avgust oyida qo'shilgan qiymat solig'idan paydo bo'lgan ijobiy farqni qaytarishni so'rab Davlat soliq qo'mitasi va Davlat soliq boshqarmasiga qilgan murojaatlari bo'yicha asoslangan javob ololmagan. Toshkent viloyati Davlat Soliq boshqarmasi xodimlari uning murojaati nazoratda ekanligini aytgan bo'lsa-da, ijobiy natija bo'lmagan. Murojaatchi shu masalaning yechimini topishda amaliy yordam berishni so'ragan.
Biznes-ombudsman aralashuvidan so'ng Toshkent viloyat Davlat soliq boshqarmasi tomonidan belgilangan tartibda o'rganib chiqilib, masala ijobiy hal qilindi.
“Kompaniyamiz sizga o'z hurmatini bildiradi va 2022-yil yanvar-iyul oylari uchun qaytariladigan QQS summasini qaytarish masalasida yordam so'rab murojaat qilganimizdan so'ng bizning joriy hisob raqamiga 4 milliard so'm QQS summasi kelib tushganligini ma'lum qiladi.
QQSni qaytarish masalalarini hal qilishda kompaniyamizga yordam berganingiz uchun sizga o'z minnatdorchiligimizni bildiramiz”, deb yozadi kompaniya rahbari.