Bu esa koʻplab nizoli holatlarning kelib chiqishiga sabab boʻlmoqda.
Shundan kelib chiqib, “Oʻzbekiston Respublikasining Maʼmuriy javobgarlik toʻgʻrisidagi kodeksiga oʻzgartishlar kiritish haqida”gi qonun loyihasi ishlab chiqildi. Mazkur qonun loyihasi Oliy Majlis Qonunchilik palatasining majlisida deputatlar tomonidan birinchi oʻqishda muhokama qilindi.
Taʼkidlanganidek, qonun loyihasi “Yoshlarni qoʻllab-quvvatlash va aholi salomatligini mustahkamlash yili”da amalga oshirishga oid Davlat dasturining 31-bandida belgilangan vazifalardan kelib chiqib ishlab chiqilgan.
Mazkur loyiha bilan Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Tadbirkorlik subyektlarining huquqlari va qonuniy manfaatlarini himoya qilish boʻyicha vakil (Biznes ombudsman)ga ayrim turdagi maʼmuriy huquqbuzarliklar toʻgʻrisidagi ishlarni koʻrib chiqish vakolati berilmoqda.
Qonun loyihasining qabul qilinishi xususiy mulk daxlsizligiga, ayrim mansabdor shaxslarning asossiz vajlar bilan koʻchmas mol-mulkka aralashuv holatlarining oldini olishga xizmat qiladi.
Majlisda qonun loyihasi deputatlar tomonidan konseptual jihatdan birinchi oʻqishda qabul qilindi, deb xabar beradi Oliy Majlis Qonunchilik palatasi matbuot xizmati.