O‘smirlik, yoshlik yillari, undan keyin ham dunyo chempionatlarida, garchi birorta o‘zbek yigit tarkibiga kiritilmagan bo‘lsa ham, sobiq ittifoq terma jamoasi o‘yinlarining hammasini ko‘rardik, kuyib-yonib ishqibozlik qilardik.
Endi jahon yashil maydonlarida o‘zimizning
qorako‘zlarimiz O‘zbekiston xalqi, Prezidentimizning ishonchini oqlab,
mustaqilligimiz zafarli odimlarini namoyish etib, dunyoviy e’tiroflarga sazovor
zamonaviy futbol namoyish etayotganini, ketma-ket jahoni y ahamiyatga ega yutuqlarga
erishayotganini kuzatish nechog‘liq faxrli, quvonchli ekanini so‘zda ifodalash qiyin.
Quyidagi satrlar shu tuyg‘ulardan qatra, xolos.
Olqishlaydi millionlar,
Chempionim — hur o‘g‘lon!
Yangi O‘zbekistondek
Ko‘ksing kerib tur, o‘g‘lon!
Hakem hushtag in chalar,
O‘zbek — xalq qo‘l ko‘t arar —
Dunyo duoga to‘lar:
“Bo‘lgin zo‘rdan zo‘r, o‘g‘lon!”.
Senda kibru hav o yo‘q,
Nasling — ko‘rgan, ko‘ngling to‘q,
Ko‘ksing to‘la g‘ayrat, cho‘g‘
Yuzlaringda nur, o‘g‘lon!
G‘ururi Osiyosan,
Ajdodlari donosan,
Raqiblarning xatosin
G‘alabaga bur, o‘g‘lon!
Aylantirib tep to‘pni,
Nayrang qilib tep to‘pni,
Hayratlantirib ko‘pni,
Zargarona ur, o‘g‘lon!
Qo‘rquvga hech yondashmay,
Zo‘r sinovda engashmay,
Jizzakiga tenglashmay,
Yo‘ling o‘ngga bur, o‘g‘lon!
Sherdek guvrab b orgin-da,
Raqib to‘rin yorgin-da!
O‘z darvozang oldida
Qoyatoshdek tur, o‘g‘lon!
Dong chiqarmas yolg‘iz ot,
Hamjihatlik — kuch, sabot,
Markaz, o‘ngu chap qanot
Shiddatingga jo‘r, o‘g‘lon!
Sharaf yerda yotmaydi,
Lahza uchqur — kutmaydi,
Mardlar ortga qaytmaydi,
Faqat olga yur, o‘g‘lon!
Xalqning orzu-o‘ylarin,
Bir asrlik so‘rarin —
Sharqning futbol yo‘llarin
Buyugini qur, o‘g‘lon!
Sen saxiy elga farzand,
Bag‘rikengsan, serhimmat,
Shohsupalarda faqat
Doim g‘olib tur, o‘g‘lon!
Yuzlaringda nur, o‘g‘lon!
Ko‘ksing kerib tur, o‘g‘lon!
Faqat olga yur, o‘g‘lon!
Bo‘lgin zo‘rdan zo‘r, o‘g‘lon!
Muhtarama ULUG‘OVA