Mukofot jamgʻarmasi taxminan 225 ming dollarni tashkil etuvchi mazkur turnirda hamyurtimiz Nodirbek Abdusattorov ham muvaffaqiyatli ishtirok etyapti. Kecha musobaqa doirasida oʻtkazilgan blis bahslarida Nodirbek 9 imkoniyatdan 6 ochko toʻplab, turnir chempioniga aylandi.
Abdusattorov Magnus Karlsen (Norvegiya), Alirizo Firudja (Fransiya), Xikaru Nakamura (AQSH), Anish Giri (Niderlandiya), Uesli So (AQSH), Fabiano Karuana (AQSH), Shaxriyor Mamedyarov (Ozarbayjon) singari taniqli grossmeysterlarni ortda qoldirishga muvaffaq boʻldi.
Bugun Norvegiya turnirida klassik bahslar boshlanadi. Rapid yoʻnalishida jahon chempioni hisoblangan Nodirbek 1-turda oq donalarda niderlandiyalik Anish Giri (2768) bilan hisob-kitob qiladi.
1-tur juftliklari:
Alirizo Firudja (Fransiya, 2785) - Gukesh (Hindiston, 2732)
Shaxriyar Mamedyarov (Ozarbayjon, 2738) - Aryan Tari (Norvegiya, 2642)
Nodirbek Abdusattorov (Oʻzbekiston, 2731) - Anish Giri (Niderlandiya, 2731)
Fabiano Karuana (AQSH, 2764) - Magnus Karlsen (Norvegiya, 2853)
Uesli So (AQSH, 2760) - Xikaru Nakamura (AQSH, 2775)