Bloger Fozilxoʻja Orifxoʻjayev ozodlikka chiqdi

    2022-yil boshida 7,5 yillik qamoq jazosiga hukm qilingan bloger Fozilxoʻja Orifxoʻjayev ozodlikka chiqdi.

    7,5 yilga qamalgan bloger Fozilxoʻja Orifxoʻjayev muddatidan oldin ozodlikka chiqdi. Bu haqda 6-dekabr kuni birinchi boʻlib Oʻzbekiston “Ezgulik” inson huquqlari jamiyati rahbari Abdurahmon Tashanov maʼlum qildi.

    Uning soʻzlariga koʻra, bloger Navoiy viloyatidagi koloniyadan “shartli ravishda” ozod qilingan.

    Maʼlumotni «Газета.uz»га Orifxoʻjayevning yaqinlari tasdiqladi. Uning 7,5 yil muddatga ozodlikdan mahrum qilish jazosi maoshining bir qismi davlat foydasiga ushlab qolingan holda shartli jazo bilan almashtirildi. U probatsiya xizmati xodimlari nazoratida boʻladi, yaʼni har qanday qoidabuzarlik uchun u yana koloniyaga qaytarilishi mumkin, deya taʼkidladi uning qarindoshlari.