Bitimda market-data va statistik maʼlumotlar, shu jumladan chet el valyutalari, davlat obligatsiyalari, derivativlar, banklararo pul bozoridagi oʻrtacha tortilgan hajmlar va narxlar boʻyicha kotirovkalar, shuningdek, boshqa turdagi maʼlumotlar translyatsiya qilinishi koʻzda tutilgan.
Mazkur maʼlumotlar yirik xorijiy investorlar va treyderlarga joriy bozor tendensiyalari va tahliliy maʼlumotlardan kelib chiqib, Oʻzbekiston iqtisodiyotiga yanada koʻproq investitsiya kiritish maqsadida tezkor va samarali qarorlar qabul qilishga koʻmaklashadi.
Oʻzbekiston respublika valyuta birjasi va Bloomberg oʻrtasida market-datani translyatsiya qilish toʻgʻrisidagi bitim imzolanishi Oʻzbekistonning birja va moliya bozorlariga potensial xorijiy investorlar uchun axborot “oyna”sini ochadigan muhim voqea boʻldi. Chunki Bloomberg jahon moliya bozorining professional ishtirokchilari uchun moliyaviy maʼlumotlarning yetakchi provayderlaridan biri boʻlib, deyarli barcha jahon birjalarida va koʻplab birjadan tashqari bozorlarda joriy hamda tarixiy bozor maʼlumotlari bilan taʼminlovchi kompaniya hisoblanadi.