Agentlik Amerikaning Bluestone Financial Group Inc. moliyaviy kompaniyasiga investitsiya vositachisi, investitsiya bo'yicha maslahatchi va investitsiya aktivlari bo'yicha ishonchli shaxsning xizmatlarini ko'rsatish huquqini beradigan litsenziyalarni taqdim etdi. Ushbu litsenziyalar Bluestone'ni O'zbekistondagi to'liq boshqariladigan investitsiya bankiga aylantiradi.

Bank savdo, qarz kapitali bozori, qimmatli qog'ozlar bozori, qo'shilish va sotib olish, xususiylashtirish, qayta tuzish va kapitalizatsiya operatsiyalariga ixtisoslashgan. Bu borada neft va gaz, sanoat, metallurgiya, moliyaviy institutlar, telekommunikatsiya, qayta tiklanadigan energiya, infratuzilma va transport tarmoqlariga xizmat ko'rsatadi.

Bankning N`yu-York va Toshkentda vakolatxonalari mavjud. Kompaniya asoschisi va prezidenti Kuin Martinning ta'kidlashicha, Bluestone O'zbekistonda “G'arb sarmoyasi, ilg'or tajribasi bilan etakchi mahalliy va davlat korxonalari o'rtasida bog'lovchi zveno bo'lishni” mo'ljallamoqda. Mazkur moliyaviy idora tez orada Toshkent qimmatli qog'ozlar birjasining a'zosi bo'lishni   rejalashtirmoqda.

 

                                                                Rauf Nurullaev tayyorladi.