BMT: 2023-yil oktabr oyidan buyon Livanda 100 nafardan ortiq tibbiyot xodimi halok bo'ldi

    Yaqin Sharqdagi vaziyat yomonlashgani sababli, joriy yilda Livanda kamida 102 nafar tibbiyot xodimi halok bo'ldi, 83 nafari yaralandi.

    Bu haqda BMTning Livandagi gumanitar masalalarni muvofiqlashtirish boshqarmasi xabar berdi.

    Hujjatda qayd etilganidek, 2023-yil 8-oktabrdan buyon Livanda tibbiyot muassasalariga kamida 55 ta, tez yordam mashinalariga esa yana 27 ta hujum qilingan.

    23 sentabr kuni Isroil “Hizbulloh” kuchlariga qarshi “Shimolning o'qlari” operatsiyasini boshlab yubordi va bu operatsiya davomida tashkilotning Livan hududidagi harbiy nishonlariga yirik havo hujumlarini amalga oshirdi. 27-sentabr kuni sodir etilgan portlashlardan biri oqibatida “Hizbulloh” yetakchisi Hasan Nasrulloh Bayrutda o'ldirildi. Tashkilot uning o'limini tasdiqladi va Isroilga qarshi kurashda davom etishga va'da berdi. 1-oktabrga o'tar kechasi Isroil armiyasi Livan janubidagi chegara hududlarida quruqlikdagi operatsiya boshlanganini e'lon qildi, deb xabar beradi tass.ru.