Bu haqda Tojikiston Tashqi ishlar vazirligi maʼlum qildi.
Qayd etilishicha, mazkur tashabbus Tojikiston Respublikasi prezidenti Emomali Rahmon tomonidan 2024-yil sentyabr oyida BMT sessiyasida ilgari surilgan. Rezolyutsiya sunʼiy intellekt sohasida ishonchli va xavfsiz texnologiyalarni rivojlantirish, taʼlim, startaplar va xalqaro hamkorlikni qoʻllab-quvvatlashga qaratilgan.
Hujjatga aksariyat davlatlar tomonidan qoʻllab-quvvatlash bildirildi. Bu xalqaro miqyosda SIning etik va xavfsiz qoʻllanilishi boʻyicha umumiy yechimga erishish yoʻlida muhim qadam sifatida baholanmoqda.
Rezolyutsiyaga muvofiq, Dushanbe shahrida Sunʼiy intellekt boʻyicha mintaqaviy markaz tashkil etiladi. Ushbu markaz Markaziy Osiyoda SI boʻyicha dasturlarni muvofiqlashtirish, universitetlar, data-markazlar va texnoparklar oʻrtasidagi hamkorlik loyihalarini amalga oshirish, shuningdek, SIni tartibga solish va oʻz-oʻzini nazorat qilish mexanizmlarini ishlab chiqish bilan shugʻullanadi.
Tojikiston TIV maʼlumotiga koʻra, mazkur tashabbus Markaziy Osiyoni boshqa mintaqalar uchun namuna sifatida koʻrsatishni maqsad qiladi.









