BMT bosh kotibi Antonio Guterrish Markaziy Osiyoga oʻz safarini boshlaydi

    Tashrifning birinchi mamlakati — Oʻzbekiston.

    Birlashgan Millatlar Tashkiloti Bosh kotibi Antoniu Guterrish 29-iyun kuni Markaziy Osiyo mamlakatlari boʻylab safar boshlaydi. Bu haqda tashkilot matbuot xizmati xabar berdi.

    Uning matbuot kotibi Stefan Dyujarrikning aniqlik kiritishicha, tashrif Oʻzbekiston, Qirgʻiziston, Qozogʻiston, Tojikiston va Turkmanistonga rejalashtirilgan.

    Unga koʻra, har bir mamlakatda Guterrish davlat rahbari va boshqa yuqori martabali hukumat vakillari bilan uchrashadi, shuningdek, iqlim oʻzgarishiga qarshi kurashga oid loyihalar bilan tanishadi va mahalliy faollar bilan muloqot qiladi.

    4-iyul kuni Ostonada Bosh kotib SHHT sammitida ishtirok etadi.