BMT Bosh kotibi global isish tufayli Tinch okeanidagi orollarda falokat yuz berishidan ogohlantirdi

    Iqlim falokati Tinch okeanidagi orol davlatlarga tahdid solmoqda, chunki ular global isishdan katta zarar ko'rmoqda, dedi BMT Bosh kotibi Antoniu Guterrish.

    BMT Bosh kotibi global iqlim falokati tufayli dengiz sathi misli ko'rilmagan darajada ko'tarilayotganini ta'kidladi. Guterrish BMTning Tinch okeanidagi orollar yaqinidagi suv harorati dunyoning boshqa qismlariga qaraganda uch barobar tezroq ko'tarilayotgani haqidagi hisobotini shunday izohladi.

    “Sababi aniq – bular asosan qazib olinadigan yoqilg'ilarning yonishi oqibatida hosil bo'lgan issiqxona gazlaridir”, dedi BMT Bosh kotibi Tonga davlatida so'zlagan nutqida.

    U kelgusida isish Tinch okeanidagi orollar uchun yanada ko'proq muammolarni keltirib chiqarishi, tobora kuchayib borayotgan suv toshqinlari ekinlar, baliqchilik va toza suv ta'minotiga tahdid solishi haqida ogohlantirdi.

    Guterrish, shuningdek, jahon hamjamiyatini Tinch okeanidagi “muhtoj davlatlarni moliyalashtirish va qo'llab-quvvatlashni keskin oshirishga” chaqirdi, deb xabar beradi interfax.ru.