“Og'ir va to'g'ridan to'g'ri xavf yuzaga kelayotgan hozirgi paytda ham biz chinakam tinchlik va barqarorlikning yagona real asosi – ikki davlat mavjudligini tan olish ekanini unutmasligimiz kerak”, — dedi u BMT Xavfsizlik Kengashining Yaqin Sharq mintaqasidagi vaziyat bo'yicha ochiq debatida.
“Isroilliklar o'zlarining qonuniy xavfsizlik ehtiyojlari amalga oshishini, falastinliklar esa BMT rezolyutsiyalari, xalqaro huquq va oldingi kelishuvlarga muvofiq mustaqil davlatga bo'lgan qonuniy intilishlari ro'yobga chiqishi masalasini ko'rishlari kerak”, — deya qo'shimcha qildi BMT bosh kotibi.
Guterrish dezinformatsiyaga qarshi kurash muhimligini ham ta'kidladi, deb xabar beradi tass.ru.
“Biz antisemitizm, musulmonlarga qarshi mutaassiblik va nafratning barcha shakllariga qarshi turishimiz kerak”, dedi u.