“Biz hozirda rasmiy ma'lumotlarga ko'ra eng issiq kunlar, oylar va eng issiq yozni boshdan kechirdik”, dedi Guterrish BMT Bosh Assambleyasining 78-sessiyasining umumiy siyosiy debatlari ochilishida.
Guterrish global isishga qarshi kurashda yetarlicha sa'y-harakatlar ko'rsatmayotgan davlatlar haqida gapirdi.
BMT Jahon meteorologiya tashkiloti ma'lumotlariga ko'ra, 2023-yil yozi tarixdagi eng issig'i bo'ldi. Shuningdek, dengiz sathining global harorati ketma-ket uch oy davomida misli ko'rilmagan darajada yuqori darajada bo'lgani qayd etildi, deb xabar beradi mir24.tv.