“Isroil tashqi ishlar vaziri Kats bugun (chorshanba) BMT Bosh kotibi Antoniu Guterrishni Isroilda persona non grata deb e'lon qilganini va uning mamlakatga kirishini taqiqlaganini aytdi. Bu qaror Guterrishning Eronning Isroilga nisbatan jirkanch hujumiga munosabati nuqtai nazaridan qabul qilindi, u mazkur mamlakatning jiddiy tajovuzkorligini so'zsiz qoralamadi”, deyiladi xabarda.
Kats Guterrishni Eronning raketa hujumini qoralamaganlikda aybladi va shuning uchun uning so'zlariga ko'ra, “U Isroil tuprog'iga qadam qo'yishga loyiq emas”.
Isroil TIV rahbari, shuningdek, BMT Bosh kotibini o'tgan yilning 7-oktabrida Isroilga bostirib kirgan Falastinning HAMAS harakati jangchilarini qo'llab-quvvatlaganlikda ayblab, bunday xatti-harakat “BMT tarixiga ko'p yillar davomida dog' bo'lishini aytdi”, deb xabar beradi ria.ru.