BMT Bosh kotibi oʻrinbosari boshchiligidagi delegatsiya Oʻzbekistonga tashrif buyurdi

    Turizm 10 Oktabr 2023 874

    Birlashgan Millatlar Tashkilotining  Bosh kotibi oʻrinbosari va Choʻllanishga qarshi kurash boʻyicha konvensiyasi (UNCCD) ijrochi kotibi Ibraxim Tiav boshchiligidagi delegatsiya O‘zbekistonga tashrif buyurdi.   

    Yuqori martabali mehmonni Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi vaziri Aziz Abduhakimov kutib oldi.

    Delegatsiya tashrifidan maqsad 2023-yilning 13–17-noyabr kunlari Samarqand shahrida bo'lib o'tadigan Choʻllanishga qarshi kurashish Konvensiyasining bajarilishini koʻrib chiqish qoʻmitasi 21-yigʻilishi (CRIC-21) uchun yaratilayotgan shart-sharoitlar bilan tanishish hamda tadbirni oʻtkazish boʻyicha bitim imzolashdir.