BMT Bosh kotibi sun'iy intellekt bilan bog'liq oldindan aytib bo'lmaydigan xavflar haqida ogohlantirdi

    BMT Bosh kotibi seshanba kuni Xitoyga tashrifi doirasida Shanxayda bo'lib o'tgan sun'iy intellektga bag'ishlangan seminarda so'zga chiqdi.

    Antonio Guterrishning so'zlariga ko'ra, sun'iy intellekt Barqaror taraqqiyot maqsadlariga erishishga yordam berish va kuchliroq, adolatli kelajakni ta'minlash imkoniyatiga ega: u mazkur maqsadlarning deyarli 80 foiziga erishishni tezlashtirishi mumkin, deb xabar beradi news.un.org.

    “Biroq, biz keskin haqiqatga duch kelyapmiz: sun'iy intellekt kuchi juda notekis taqsimlangan”, deb davom etdi BMT rahbari. Bugungi kunda sun'iy intellektning salohiyati kam sonli mamlakatlardagi bir nechta kuchli kompaniyalarda to'plangan. Ko'pgina davlatlar sun'iy intellekt vositalariga kirishda jiddiy muammolarga duch kelishmoqda. Uning salohiyatidan chinakam foydalanish uchun xalqaro hamkorlik va birdamlik zarur”.

    Sun'iy intellekt bilan bog'liq xavflarni oldindan aytib bo'lmaydi, deb davom etdi Antonio Guterresh: tegishli xavfsizlik choralarisiz sun'iy intellekt tengsizlikni yanada kuchaytirishi va nomutanosib ravishda aholining eng zaif qatlamlariga ta'sir qilishi mumkin.