BMT Bosh kotibi xalqaro hamjamiyatga murojaat qildi

    Harbiy 6 Oktabr 2020 1778

    Birlashgan Millatlar Tashkiloti Bosh kotibi Antoniu Guterresh mintaqada va xalqaro maydonda katta nufuzga ega boʻlgan davlatlarni Armaniston - Ozarbayjon majorasi kechayotgan hududda zudlik bilan oʻt ochishni toʻxtatishga erishishga chaqiradi, deya xabar qildi uning rasmiy vakili Stefan Dyujarrik.

    Gutteresh xalqaro hamjamiyatning harbiy harakatlarni toʻxtatish haqidagi bir necha chaqirigʻiga qaramay davom etayotgan Qorabogʻ mojarosini qoraladi. Bosh kotib shuningdek tinch aholi yashayotgan hududlar oʻqqa tutilishidan jiddiy xavotirda ekanini taʼkidlagan.

    “Bosh kotib yana bir bor mojaroning harbiy yechimi yoʻqligini qayd etib, tomonlarni urush harakatlarini toʻxtatishga chaqiradi”, — deyiladi bayonotda.