BMT: Dunyo bo'ylab 735 million odam ochlikdan aziyat chekmoqda

    Dunyo bo'ylab 735 million kishi ochlikdan aziyat chekmoqda, millionlab odamlar ocharchilik yoqasida.

    Bu haqda BMTning Inson huquqlari bo'yicha Oliy komissari Volker Turk X ijtimoiy tarmog'ida ma'lum qildi.

    Dunyoda oziq-ovqat yetarli, lekin u quruqdan-quruq isrof bo'lyapti, dedi u.

    Turk, oziq-ovqat ta'minotiga erishish uchun oziq-ovqatning mavjudligi, arzonligi, yetarliligi va barqarorligini birinchi o'ringa qo'yadigan tizimga o'tish kerakligini ta'kidladi, deb xabar beradi aa.com.tr.