BMT: Dunyo bo'ylab internet foydalanuvchilari soni 6 milliarddan oshdi

    Bir yilda 240 milliondan ortiq odam global tarmoqqa ulandi, shu tariqa dunyo miqyosida internetdan foydalanuvchilar soni qariyb olti milliard nafarga etdi. Bu dunyo aholisining to'rtdan uch qismi deganidir.

    Bu raqamlar Xalqaro elektraloqa ittifoqi hisobotida keltirib o'tilgan bo'lib, unda internet foydalanuvchilari sonining sezilarli darajada o'sishi qayd etilgan va shu bilan birga raqamli tafovutning chuqurlashib borayotganiga ishora qilingan, deb xabar beradi BMT matbuot xizmati.

    Biroq, tashkilot ma'lumotlariga ko'ra, 2,2 milliard kishi raqamli makondan chetda qolmoqda, bu esa universal va teng huquqli raqamli kirishni ta'minlashdagi qiyinchiliklarning ko'lamini ko'rsatadi, deb xabar berdi aa.com.tr.