“Mahalliy hokimiyat tomonidan taqdim etilgan ma'lumotlarga ko'ra, qurbonlar soni 500 kishiga yetishi kutilmoqda”, deya BMT ma'lumotlari asosida xabar beradi Agence France-Presse.
Qayd etilishicha, yordam ko'rsatish ishlari davom etmoqda.
Avvalroq 229 kishi vafot etgani xabar qilingandi. Ko'chki mamlakat janubidagi Geze-Gofa hududida sodir bo'ldi. Efiopiyada iyul oyida boshlangan va sentabr oyining o'rtalarigacha davom etishi kutilayotgan yomg'irli mavsum hukmronlik qilmoqda. Doimiy yog'ingarchilik ba'zan mazkur mamlakatda ko'chkilarga sabab bo'ladi, deb xabar beradi tass.ru.