Bu haqda BMTning gumanitar masalalarni muvofiqlashtirish boshqarmasi tegishli direksiyasi rahbari Ramesh Rajasingxam ma'lum qildi, deb xabar beradi tass.ru.

Rajasingxam agar anklavda vaziyat o'zgarmasa, uning yanada yomonlashishi mumkinligini ta'kidladi. “Biz o't ochishni to'xtatish borasidagi chaqirig'imizni takrorlaymiz”, dedi BMT vakili. Ekspertning fikriga ko'ra, ovqat yetishmovchiligi, odamlarning haddan tashqari ko'pligi va sanitariya sharoitlarining yomon holatda ekani “yuqumli kasalliklarning tarqalishi uchun sharoit yaratishi” mumkin.