Bu haqda BMTning gumanitar masalalarni muvofiqlashtirish boshqarmasi e'lon qilingan hisobotida aytiladi, deb xabar beradi tass.ru.
“G'azo sektoridagi vayron bo'lgan uylardan chiqindi va vayronalar miqdori 12 million tonnadan oshadi. Anklavning amaldagi ma'muriyati imkoniyatlarini hisobga olsak, ularni olib tashlash uchun to'rt yildan ortiq vaqt kerak bo'ladi”, deyiladi hujjatda.
BMTning gumanitar masalalarni muvofiqlashtirish boshqarmasi 650 mingdan ortiq odam uylaridan ayrilganini va “qaytish uchun uyi yo'qligini” ta'kidlaydi. Yuz minglab falastinliklar boshpana va nooziq-ovqat mahsulotlariga muhtoj, antisanitariya sharoitida qolishga majbur. Ular noqulay ob-havodan himoyalanish uchun chodirlar, yog'och va brezent choyshablarga muhtoj”, deya ta'kidladi BMT boshqarmasi ko'plab qochqinlar lagerlari odamlar bilan to'lganini qayd etib.