Birlashgan Millatlar Tashkilotining Oziq-ovqat va qishloq xo'jaligi tashkiloti tomonidan e'lon qilingan hisobotga ko'ra, “G'azo sektoridagi yarim milliondan ortiq odam keng tarqalgan to'yib ovqatlanmaslik, qashshoqlik va oldini olish mumkin bo'lgan o'lim bilan tavsiflangan ocharchilik holatida qolmoqda”.

Hisob-kitoblarga ko'ra, sentabr oyi oxirigacha G'azo sektoridagi 640 mingdan ortiq kishi BMT tomonidan ICFning eng yuqori, beshinchi bosqichi sifatida tasniflangan oziq-ovqat xavfsizligining halokatli darajasiga duch keladi. Hududdagi yana 1,14 million kishi favqulodda vaziyatda, yana 396 ming kishi inqiroz holatida bo'ladi.

G'azodagi vaziyat ochlik bilan bog'liq o'limlar sonining ortishi va oziq-ovqat iste'molining keskin kamayishi bilan tavsiflangani ta'kidlangan. Isroil Tashqi ishlar vazirligi BMT hisobotini rad etib, uni uydirma va HAMAS manfaatlariga moslashtirilgan deb atadi. Vazirlikning ta'kidlashicha, urush boshlanganidan beri G'azo sektoriga 100 mingdan ortiq yuk mashinalari gumanitar yordam olib kirgan va so'nggi haftalarda uning katta oqimi mahalliy bozorlarda oziq-ovqat narxlarining keskin tushib ketishiga sabab bo'lgan, deb xabar berdi ria.ru.