Bu haqda BMT Bosh kotibi Antoniu Guterrish Nyu-Yorkda G'azo masalasi bo'yicha matbuot vakillari bilan uchrashuvda ma'lum qildi.
Oziq-ovqat xavfsizligi bo'yicha dunyoning yetakchi ekspertlari fikricha, G'azo shimolida ocharchilik muqarrar. Bu haqda Guterrish aytib o'tdi.
“G'azodagi barcha falastinliklarning yarmidan ko'pi, 1,1 million kishi oziq-ovqat zaxiralarini to'liq sarflab bo'lishdi va bu halokatli ocharchilik xavfini yuza keltirmoqda. Xabarlarga ko'ra, G'azodagi falastinliklar dahshatli g'azab va azob-uqubatlarni boshdan kechirmoqda”, dedi u.
Guterrish bu to'xtatilishi mumkin bo'lgan mutlaqo sun'iy ofat ekanligini ta'kidladi, deb xabar beradi kommersant.ru.
“Isroil hukumatini G'azoga gumanitar yuklarning to'liq va to'siqsiz kirishini ta'minlashga, xalqaro hamjamiyatni esa insonparvarlik sa'y-harakatlarini har tomonlama qo'llab-quvvatlashga chaqiraman”, deya ta'kidladi Guterrish.