BMT: Isroilning G'azodagi harakatlari tufayli kamida 21 ming bola nogiron bo'lib qoldi

    2023-yil 7-oktabrdan buyon Isroilning Falastin anklavidagi harbiy harakatlari oqibatida G'azo sektorida kamida 21 ming bola nogiron bo'lib qoldi.

    Bunday ma'lumotlarni BMTning nogironlar huquqlari bo'yicha qo'mitasi ekspertlari Jenevada bo'lib o'tgan brifingda ma'lum qildi.

    Ularning ma'lumotlariga ko'ra, G'azoda 40,5 mingga yaqin bola urushda jarohat olgan. Qayd etilishicha, 2023-yilning 7-oktabridan 2025-yilning 21-avgustiga qadar 157 mingdan ortiq G'azo aholisi jarohat olgan va ularning 25 foizdan ortig'i umrbod nogiron bo'lib qolish xavfi bor, deb xabar berdi tass.ru.