BMT koronavirus infektsiyasini ko'p tarqatayotgan mamlakat nomini aytdi

    BMTning M`yanmadagi Inson huquqlari bo'yicha maxsus ma'ruzachisi Tom Endryusning so'zlariga ko'ra, mamlakatda koronavirus infektsiyasi tez tarqalmoqda.

    Bu haqda The Guardian xabarida aytilishicha, mamlakatdagi vaziyat shunday davom etsa, M`yanma epidemiyani butun mintaqaga tarqatadigan hududga aylanishi mumkin.

    Mamlakatdagi so'nggi o'zgarishlar COVID-19 infektsiyasining butun mintaqaga tarqalishiga tahdid solmoqda. M`yanmada fevral inqilobidan buyon emlash dasturlari amalga oshirilmayapti, aholi testdan o'tkazilmayapti, shifoxonalar esa shifokorlarning ish tashlashlari sababli yopilgan.

    BMTning maxsus ma'ruzachisi, shuningdek, M`yanmadagi shifokorlarning ish tashlashi, davlat shifoxonalarida ishlashdan bosh tortgani, bosim va qo'rqitishlarga duchor bo'lganliklarini, odamlarni yashirincha davolashga majbur qilinganini ta'kidladi.

    Ayni paytda M`yanmada odamlar tibbiy kislorod, krematoriya va morglarda navbat kutmoqda.