Valining so'zlariga ko'ra, jinoyatchilar ayni paytda odamlar vaksinadan umidvor bo'layotgan, kasalikka qarshi kurashda tibbiy buyumlarning etishmayotganidan  foydalanmoqda.

“Hukumatlar, kasalxonalar va turli tashkilotlar himoya vositalarini sotib olishga shoshilmoqda va bunday vositalarga talab katta”, — deya tushuntirdi u.

Shu sababli, koronavirusga qarshi soxta dorilar ishlab chiqarish bo'yicha jinoyatlar tez-tez uchramoqda. Tashkilot vakilining so'zlariga ko'ra, firibgarlar vaksinani ishlab chiqish davrida faol bo'lishadi.  Shundan ehtiyot bo'lish lozim.