Uchrashuvda Biznes-ombudsman o‘rinbosari J.Urunov ishtirok etib, Biznes-ombudsman instituti tomonidan tadbirkorlik subyektlarining mulk huquqi daxlsizligini ta’minlash, bino va inshootlarga egalik huquqini belgilash va ijara masalalariga oid nizolarni hal etish bo‘yicha amalga oshirilgan ishlari yuzasidan ma’lumot berdi.
Xususan, yuqoridagi masalalarga oid murojaatlarni ko‘rib chiqish, tadbirkorlik subyektlarining faoliyatida o‘tkaziladigan tekshiruvlarni muvofiqlashtirish, qonunchilikni takomillashtirishga qaratilgan takliflarni tayyorlash, shuningdek, qonunchilik normalari va talablarining amalda ro‘yobga chiqarilishini o‘rganish yo‘nalishida ma’lumot taqdim etildi.
Shu bilan birga, so‘nggi yillarda O‘zbekiston Respublikasida shaharlarni obodonlashtirish, infratuzilmani yangilash, aholiga qulay yashash sharoitlarini ta’minlashga qaratilgan islohotlarga qisqacha to‘xtalib o‘tildi.
Muhokamalar yakunida BMTning Munosib turar joy masalalari bo‘yicha maxsus ma’ruzachisi B.Radjagopal tomonidan barcha ishtirok etgan ombudsman institutlari vakillariga minnatdorchilik bildirilib, institutlar tomonidan belgilangan vazifalar ijrosi sifatli bajarilishi, tizimni doimiy ravishda takomillashtirish bo‘yicha ishlar olib borilayotganligi alohida e’tirof etildi.
Shu bilan birga, ombudsman institutlari faoliyati bo‘yicha statistik ma’lumotlarni batafsil foiz ko‘rinishida taqdim etish, shuningdek, xususiy qurilish faoliyati bilan shug‘ullanuvchi tadbirkorlik subyektlari tomonidan faoliyatlarida inson huquqlariga rioya etilishiga alohida e’tibor qaratilishi bo‘yicha tavsiyalar berildi.