“Rahbarlar bilan COVID-19 yuzaga keltirgan vaziyat bo'yicha maslahatlashgandan so'ng, men shtab-kvartirada mavjud bo'lgan telekonferentsaloqa rejimini 2020 yil 31 iyulgacha uzaytirishga uzaytirishga qaror qildim.” Rossiya yangiliklari agentligi “Novosti” ham BMT bosh kotibining ushbu so'zlarini keltirgan.
Agentlik ma'lumotlariga ko'ra, 16 martdan boshlab BMT shtab-kvartirasi xodimlari koronavirus tahdidi tufayli, agar ularning shaxsiy ishtiroki muhim vazifalarni bajarish uchun zarur bo'lmasa, video aloqa vositalaridan foydalangan holda masofadan turib ishlay boshlagan edi.
BMTning Tvitterdagi hisobotida aytilishicha, 11 iyun` holatiga ko'ra, "COVID-19 koronavirusi bilan kasallangan BMT xodimlarining umumiy soni 953 kishini tashkil etdi. Ularning 187 nafari Malidagi BMT tinchlikparvar kuchlaridir.