BMT rahbari kecha o‘tkazilgan yig‘ilishda rahbarlar jamoasida gender tengligiga 2020 yilda erishilganini maʼlum qildi. Tinchlikparvarlik missiyalari boshliqlarining yarmi va ularning o‘rinbosarlari ayollardan iborat. Besh yil oldin ular ushbu lavozimlarning to‘rtdan bir qismini egallagan edilar.

130 nafar doimiy koordinatorlar orasida 2018 yilda tenglikka erishildi.

 BMT rahbari, shuningdek,  joylarda taraqqiyot sekinlashgani va hatto teskari yo‘nalishga burilganini xavotir bilan qayd etdi. U, ayniqsa,  eng quyi darajadagi lavozimlarga  qabul qilingan ayollar sonining kamayib ketishidan xavotirda, bu esa kelajakda gender tenglik bilan bog‘liq muammolarga olib kelishi mumkin.