Bunday fikrni BMT Inson huquqlari kengashi tomonidan tuzilgan mustaqil komissiya raisi Navi Pilley bildirdi, deb xabar beradi tass.ru.
“Tramp xalqaro huquqni nihoyatda yomon tushunadi. Bosib olingan hududda yashovchi bir guruh odamlarni majburan ko'chirish xalqaro huquqni buzish hisoblanadi va etnik tozalash bilan barobardir”, dedi u Yevropaning Politico nashriga bergan intervyusida. Pilleyning fikricha, Trampning falastinliklarni anklavdan olib chiqib, AQShga topshirish haqidagi g'oyasini amalga oshirishning “birorta qonuniy yo'li” yo'q.