Unda xotin-qizlarni qoʻllab-quvvatlash, ularning huquq va manfaatlarini himoya qilish, qiynoqlarni oldini olish va gender zoʻravonlikka qarshi kurash sohalarida milliy qonunchilikni yanada takomillashtirish, tadqiqotlar oʻtkazish hamda mazkur yoʻnalishda tegishli tashkilot va idoralar bilan muzokaralar olib borish masalalari muhokama etildi.
Gender tenglikni taʼminlash, xotin-qizlarning barcha yoʻnalishlarda huquq va imkoniyatlarini kengaytirish boʻyicha Oʻzbekiston tajribasi koʻplab davlatlar tomonidan oʻrganilib, qiziqish uygʻotayotganligi alohida taʼkidlandi.
Uchrashuv yakunida muhokama qilingan masalalar yuzasidan yaqin hamkorlikni yoʻlga qoʻyish boʻyicha kelishuvga erishildi, deb xabar beradi Oliy Majlis Senati matbuot xizmati.