Xavfsizlik Kengashining 13 aʼzosi Fransiya, Buyuk Britaniya va AQSH tomonidan ishlab chiqilgan hujjatga ovoz berdi. Rossiya va Xitoy betaraf qoldi.

Hujjatda “Tolibon” harakatiga qator talablar mavjud:

➖ Afgʻoniston hududidan biron bir mamlakatga tahdid/hujum yoki terrorchilik harakatlari uchun foydalanmaslik;

➖ Afgʻonistonda inson huquqlari, ayniqsa ayollar, bolalar va milliy ozchiliklar huquqlari hurmat qilinishini taʼminlash;

➖ insonparvarlik yordamiga toʻsqinlik qilmaslik.

Shu bilan birga, BMT Xavfsizlik kengashi tomonidan Kobulda xavfsizlik zonasini yaratish haqidagi Fransiyaning taklifi qoʻllab-quvvatlanmadi.

P.S. BMT Xavfsizlik Kengashining rezolyutsiyalari barcha aʼzo davlatlar uchun majburiydir.