Hodisa 4-may kuni Belu-Orizonti shahrida sodir bo‘lgan. Samolyot uch qavatli binoga urilib, keyin avtoturargohga qulab tushgan. Ma’lum bo‘lishicha, uchuvchi halokatdan oldin dispetcherlarga murojaat qilib, uchish paytida muammolar haqida xabar bergan. Samolyot bortida besh kishi bo‘lgan. Hodisa oqibatida ikki uchuvchi shu zahoti halok bo‘ldi va yana uch nafari jarohat oldi. Ulardan birining ahvoli og‘ir deb baholandi, keyinchalik shifoxonada vafot etdi. Politsiya halokat tafsilotlarini tekshirmoqda, deb xabar berdi kazinform.
Braziliyada kichik samolyot turar joy binosiga urilib, qulab tushdi: qurbonlar bor
Braziliyada kichik samolyot turar joy binosiga urilib, halokatga uchradi, oqibatda uch kishi hayotdan ko‘z yumdi, deb xabar beradi CNN Brazil.
Oçiq osmon ostida mahorat maktabi
- “Intil” markazida xorijda ishlashga maqsadli tayyorgarlik yoʻlga qoʻyilgan
- "Imarat Development" quriliş loyihasi egasi Marat Hamdamov protsessual tartibda uşlandi
- Mehnat migratsiyasi tizimini takomillashtirish boʻyicha vazifalar belgilandi
- Xazonlarni yoqiş taqiqlangan: qoidabuzarlarga jarima solinadi
- “Yaşil konditsioner”– xona ösimliklari uy havosini qanday özgartiradi?