Bugungi kunda dunyo bo‘ylab tabiat va ochiq havodagi sayyohlik turlariga qiziqish ortib bormoqda. Ushbu tendensiya orqali turizm sohasi qayta tiklanishi yanada jadallashishi kutilayotgan bo‘lib, «Startap» tanlovi qishloq jamoalari uchun foyda olish bilan bog‘liq eng yuqori imkoniyatlarni ta’minlashga yordam beradi.
Shuningdek, mazkur tanlov qishloqlarni rivojlantirish uchun bo‘lgan alohida e’tiborning bir qismi sifatida qishloq turizmini aholi kamayishiga qarshi kurashning asosiy vositasiga aylanishiga, uning rivojlanishi va daromad topishida mintaqaviy tengsizlikni kamaytirishga yo‘naltirilgan.
Tanlovda quyidagi 4 yo‘nalish bo‘yicha ishtirok etish mumkin:
- Odamlar - hyech kim e’tiborsiz qolmaydi: ish o‘rinlari va imkoniyatlarni yaratishni rag‘batlantiradigan, gender va yoshlarning imkoniyatlarini kengaytirishga yordam beradigan va qishloq joylardagi kam ta’minlangan oilalar uchun imkoniyatlar yaratuvchi loyihalar;
- Sayyora - tabiatni boyitish va muhofaza qilish bilan bog‘liq eng yaxshi loyihalarni yaratish, jumladan turizmning iqlim o‘zgarishiga ta’siri, shuningdek chiqindilarni qayta ishlash va resurslarni to‘g‘ri taqsimlash;
- Obod turmush – rivojlanish uchun imkoniyatlar qishloq turizmi uchun moliya, bozorlar va marketingga kirishni osonlashtiruvchi, yangi biznes modellari orqali innovatsion yechimlarni taklif qiluvchi startaplar;
- Qishloq xo‘jaligida qo‘llanuvchi texnikani targ‘ib qilish - qishloq joylarida turizmni rivojlantirish va yangi texnologiyalarni joriy etish.
Tanlovda ishtirok etish istagida bo‘lgan kishilar o‘z arizalarini 2021-yilning 1-iyuliga qadar taqdim etishlari lozim.
Butunjahon turizm tashkiloti tanlovi g‘oliblari joriy yilning oktyabr oyida Marokashda bo‘lib o‘tadigan UNWTO Bosh assambleyasida ishtirok etish uchun taklif qilinadi, deb xabar beradi turizm va sport vazirligi matbuot xizmati.