Muloqot davomida Oʻzbekistonda giyohvandlik vositalari va psixotrop moddalarning noqonuniy aylanmasiga chek qoʻyish orqali ularning aholi salomatligi va mamlakatimiz genofondiga salbiy taʼsirini bartaraf etish yuzasidan olib borilayotgan islohotlarga toʻxtalib oʻtildi.
Jumladan, uchrashuvda D.Tashmuhamedova yoshlar va bolalar oʻrtasida giyohvandlik hamda psixotrop moddalar isteʼmolining oldini olish, ularning ruhiy salomatligini mustahkamlash boʻyicha Senat tomonidan qabul qilingan qonunlar hamda olib borilgan nazorat-tahlil faoliyati natijalari yuzasidan atroflicha maʼlumot berdi.
Milos Stojanovis hamda Vadih Maalouf istiqbolli loyihalar, hamkorlikning yangi sohalari, giyohvand moddalarni isteʼmol qilishning oldini olish, giyohvandlikka boʻlgan qaramlikni kamaytirish, davolash va kasalliklarni bartaraf etish boʻyicha Oʻzbekiston bilan koʻp qirrali hamkorlikni yanada rivojlantirish yuzasidan amalga oshiriladigan ishlarga toʻxtalib oʻtdi.
Uchrashuvda Respublika psixologik-pedagogik tashxis markazi, Respublika ixtisoslashtirilgan narkologiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazi hamda Respublika OITSga qarshi kurashish markazining masʼul rahbar xodimlarining fikr-mulohaza va takliflari eshitildi.
Muhokama yakunida Oliy Majlis Senati va “UNODC” tashkiloti bilan istiqbolda birgalikda amalga oshiriladigan rejalar, hamkorlikda oʻtkaziladigan xalqaro tadbirlar yuzasidan atroflicha fikr almashildi, deb xabar beradi Oliy Majlis Senati matbuot xizmati.