Bu omillarning barchasi O'zbekiston koronavirusni engish uchun qo'llagan choralar, shu jumladan, karantin hududlarida yaratilgan qulayliklar va zarur sharoitlar haqiqatan ham samarador ekanidan dalolat beradi.

 BMTning O'zbekistondagi Doimiy vakili Helena Freyzer bunday sharoitlarda davlatlarning ochiqligi juda muhim ahamiyatga egaligini, xususan, YUqorichirchiq tumanidagi mazkur karantin hududi bilan bevosita tanishish asnosida bu erda yaratilgan shart-sharoitlarning barchasi sog'liqni saqlash va inson huquqlari sohalaridagi barcha xalqaro standartlarga to'la mos ekanini e'tirof etdi.

Helena Freyzer  mazkur tashrif tashkilotchilariga minnatdorchilik bildirar ekan, shu yil iyul` oyi boshida Inson huquqlari bo'yicha O'zbekiston Respublikasi Milliy markazi bilan hamkorlikda "Koronavirus pandemiyasi va inson huquqlari" mavzuida videokonferentsiya aloqasi shaklida xalqaro anjuman tashkil etilayotgani haqida ma'lum qildi.

BMTning O'zbekistondagi Doimiy vakili qayd etishicha, O'zbekistonning hududlarni yashil, sariq va qizil ranglarga ajratish tajribasi xalqaro hamjamiyatga koronavirusga qarshi kurashishda mavjud kuch va imkoniyatlarni qanday tartibda taqsimlash borasida juda qo'l keladi.

JSSTning O'zbekistondagi vakolatxonasi Onalik va bolalikni muhofaza qilish bo'yicha loyihalari muvofiqlashtiruvchisi Nazokat Qosimova hozirgi kunda jahon mamlakatlari o'rtasida karantin hududlaridagi sharoitlarni baholash bo'yicha biron-bir reyting mavjud emasligiga e'tiborni qaratdi. SHunga qaramay, Nazokat Qosimova koronavirus tarqalishiga qarshi kurash borasida O'zbekiston tomoni ko'rgan choralar hamda Toshkent viloyati YUqorichirchiq tumanidagi karantin hududida yaratilgan qulayliklarga yuqori baho berib, bu shart-sharoitlarning barchasi JSST standartlariga to'la mos kelishini e'tirof etdi.

Xalqaro tashkilotlar vakillari jurnalistlar va blogerlarning ko'plab savollariga javob qaytardilar.

Inson huquqlari bo'yicha 
O'zbekiston Respublikasi 
Milliy markazining
matbuot xizmati