Poytaxtimizda BMT oziq-ovqat tizimlarining barqarorligiga bag'ishlangan dialoglar seriyasining yakuniy bosqichi bo'lib o'tdi. Tadbir Birlashgan Millatlar Tashkiloti va O'zbekiston Qishloq xo'jaligi vazirligida tashkil etildi. Dialoglarda hukumat vakillaridan tashqari olimlar va moliya sektori, oziq-ovqat sanoati xodimlari ishtirok etdi.
O'zbekistondagi milliy va submilliy dialoglar doirasida barcha uchun xavfsiz va ozuqaviy ovqatlardan foydalanish imkoniyatini ta'minlashning beshta asosiy global tematik sohalar — iste'molning oqilona modellariga o'tish, tabiiy resurslar unumdorligini oshirish, yashash uchun teng sharoitlarni ilgari surish, zaiflik va stresslarga qarshi barqarorlikni oshirish singari mavzularga alohida e'tibor qaratildi. Tahlikalar, shuningdek, uchtalik sayyora inqirozi oziq-ovqat tizimlari uchun ochayotgan imkoniyatlar muhokama qilindi.
Yakuniy dialog chog'ida BMTning O'zbekistondagi doimiy koordinatori Helena Freyzer “Milliy va mahalliy darajada oziq-ovqat tizimlarining o'zgarishi milliy va global darajada barqaror rivojlanish sari yo'nalishni o'zgartirish va taraqqiyotga erishishga imkon beradi. Oziq-ovqat tizimlarining barqarorligi bo'yicha dialoglar barcha asosiy manfaatdor tomonlarning faol ishtiroki uchun platformaga aylandi va sog'liqni saqlash, ovqatlanish, iqlim o'zgarishiga qarshi kurash, bioxilma-xillikni saqlab qolish hamda oziq-ovqat mahsulotlarini ishlab chiqarish va iste'mol qilishda ifloslanishni kamaytirish singari masalalarni integratsiya qilishga yordam berdi”, deya o'z fikrlarini bildirdi.
Dialogning yakuniy bosqichi keyingi o'n yil davomidagi barqaror milliy oziq-ovqat tizimlari sari yo'lni aniqlagan holda mamlakat darajasida majburiyatlar va harakatlarni belgilab berdi. O'zbekiston qishloq xo'jaligi vaziri o'rinbosari Qahramon Yo'ldoshev ta'kidlaganidek, “mamlakatda ko'p tomonlama dialog jarayoni joriy yilning sentyabr oyida o'tkaziladigan oziq-ovqat tizimlari bo'yicha global sammitdan keyin ham davom etadi”. Dialoglarning natijalari kelgusi oylar va yillarda milliy oziq-ovqat tizimlarini transformatsiya qilish yo'lida asos bo'lib xizmat qiladi.
Yakuniy muloqotda O'zbekistondagi xalqaro donor tashkilotlar, shu jumladan Yevropa Ittifoqi (YI), Yaponiya xalqaro hamkorlik agentligi (JICA) va AQSH Xalqaro taraqqiyot agentligi (USAID) mamlakatda qishloq xo'jaligi va oziq-ovqat sanoatini yanada rivojlantirishga hissa qo'shishga tayyor ekanliklarini ta'kidlashdi.
Masalan, USAID xavfsiz, yuqori sifatli va ekologik toza qishloq xo'jaligi mahsulotlarini ishlab chiqarish va ularning narxini barqarorlashtirishda fermerlar va agrobiznesni qo'llab-quvvatlash uchun yangi texnologiyalarga investitsiyalarni hammoliyalashtirishga tayyor va biznesni boshqarishning innovatsion usullarini joriy qiladi.
BMTning 2021-yilgacha mo'ljallangan oziq-ovqat tizimlari bo'yicha sammiti doirasida 126 dan ziyod a'zo davlatlar dunyo bo'ylab milliy dialoglar o'tkazmoqda. Zero, ushbu dialoglar barqaror oziq-ovqat tizimlari milliy strategiyalarni ishlab chiqish bo'yicha oliy darajadagi uchrashuvning asosiy qismidir.