BMTning yoshlar forumida Oʻzbekiston ham oʻz taqdimoti bilan ishtirok etadi

    Xalqaro hamkorlik 14 Aprel 2025 844

    Yoshlar ishlari agentligi direktori Alisher Saʼdullayev 13-18-aprel kunlari AQSHda boʻladi va Nyu-Yorkda BMTning yoshlar forumida (ECOSOC) Oʻzbekiston yoshlari nomidan taqdimot oʻtkazadi.

    Shuningdek, AQSHdagi vatandoshlar va “El-yurt umidi” jamgʻarmasi stipendiatlari bilan muloqot ham reja qilingan.

    Bundan tashqari, Kaliforniyada joylashgan Kremniy vodiysida faoliyat yuritayotgan yosh vatandoshlar, startap egalari bilan uchrashuvlar hamda Stenford universiteti bilan hamkorlik loyihalarini muhokama qilish ham kutilmoqda.